Qanday ma'lumot yig'iladi, nega yig'iladi va uni qanday o'chirish mumkin
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 22-sentyabr
QuizzUp — test (quizz) yaratish va do'stlar bilan bilim sinovida bellashish ilovasi. Ishlashi uchun kerak bo'lgan ma'lumotdan ortig'ini yig'maydi.
Ro'yxatdan o'tishda o'zingiz kiritasiz:
Parolingiz ochiq holda saqlanmaydi. U qaytarib bo'lmaydigan usulda shifrlanadi — hatto biz ham uni ko'ra olmaymiz.
Parolingiz bu xizmatlardan olinmaydi va biz ularda hech qanday amal bajarmaymiz.
Yozishmalar uchtomonlama shifrlangan emas. Ular serverda saqlanadi va texnik zarurat yoki qonuniy talab bo'lganda ko'rilishi mumkin. Shaxsiy va maxfiy ma'lumotlarni ilova chatida yubormang.
Server barcha xizmatlar kabi so'rovlar jurnalini yuritadi. Unda IP manzil va so'rov vaqti qayd etiladi — bu xavfsizlik va nosozliklarni topish uchun kerak.
Parol noto'g'ri kiritilganda urinishlar soni vaqtincha saqlanadi. Bu akkauntingizni parol tanlab ko'rish hujumidan himoya qiladi. Yozuv bir necha daqiqadan keyin o'zi o'chadi.
| Ma'lumot | Nima uchun |
|---|---|
| Hisob ma'lumotlari | Sizni tanish va hisobingizga kiritish |
| O'yin ma'lumotlari | Reyting, daraja va jang natijalari |
| Yozishmalar | Do'stlaringiz bilan muloqot |
| Qurilma belgisi | Do'st so'rovi, jangga taklif kabi bildirishnomalar |
| Foydalanish statistikasi | Qaysi bo'limlar kerakligini tushunish |
| Nosozlik hisobotlari | Xatolarni topish va tuzatish |
| Server jurnali | Xavfsizlik va suiiste'molning oldini olish |
Ma'lumotlaringiz sizga reklama ko'rsatish uchun ishlatilmaydi — ilovada reklama umuman yo'q.
Ma'lumotlaringiz sotilmaydi. Quyidagi xizmatlar ilovaning ishlashi uchun zarur:
| Xizmat | Nima uzatiladi |
|---|---|
| Google Firebase bildirishnoma, statistika, nosozlik hisoboti |
Qurilma belgisi, ochilgan ekranlar, ilova yiqilgan joy |
| Google Gemini sun'iy idrok bilan test tayyorlash |
Siz yuklagan fayldan ajratilgan matn yoki siz yozgan mavzu |
| Google Sign-In Google orqali kirish |
Faqat siz shu usulni tanlasangiz |
| Telegram Telegram orqali kirish |
Faqat siz shu usulni tanlasangiz |
Sun'iy idrok haqida alohida. Test tayyorlash uchun fayl yuklasangiz, undagi matn Google'ning Gemini xizmatiga yuboriladi va u savollarni qaytaradi. Shaxsiy yoki maxfiy hujjatlarni yuklamang. Bu imkoniyat kuniga uch marta ishlatiladi va faqat siz o'zingiz boshlaganingizda ishga tushadi.
Bulardan tashqari, qonun talab qilgan hollarda — masalan vakolatli organning rasmiy so'rovi bo'lsa — ma'lumot berilishi mumkin.
Elektron pochtangiz, telefon raqamingiz, tug'ilgan sanangiz va parolingiz hech qachon boshqa foydalanuvchilarga ko'rsatilmaydi.
| Ruxsat | Nega |
|---|---|
| Internet | Server bilan aloqa |
| Bildirishnomalar | Do'st so'rovi, jangga taklif, natija |
| Galereya | Profil rasmi va chatga rasm yuborish |
| Tebranish | Bildirishnoma kelganda |
Har bir ruxsatni rad etishingiz mumkin. Faqat shu imkoniyat ishlamaydi, ilovaning qolgani ishlayveradi.
Hisobni o'chirganda ismingiz, pochtangiz, rasmingiz va bog'lanishlaringiz o'chiriladi. Siz yaratgan testlar ilovada qoladi, chunki ularni boshqalar o'ynaydi — lekin muallif o'rnida "O'chirilgan foydalanuvchi" ko'rinadi.
Hisobni o'chirishIlova keng auditoriya uchun. 13 yoshga to'lmagan bolalar undan ota-onasi roziligi bilan foydalanishi kerak. Farzandingiz haqida ma'lumot o'chirilishini istasangiz, biz bilan bog'laning — o'chirib beramiz.
Hech bir tizim to'liq xavfsiz bo'la olmaydi. Kuchli parol tanlang va uni boshqa joyda ishlatmang.
Bu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Jiddiy o'zgarish bo'lsa ilova orqali xabar beramiz. Yuqoridagi sana oxirgi yangilanishni ko'rsatadi.
Savolingiz bo'lsa yozing: